Xitoylik o‘t o‘chiruvchilar ortiqcha vazn to‘plagan xitoylikka nikoh uzugini yechishga yordam berishdi

Jamiyat 22:55 / 02.03.2016 4495

Xitoyda o‘t o‘chiruvchilar ortiqcha vazn to‘plagan xitoylikka nikoh uzugini yechishga yordam berishdi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri. Sintszyan-Uyg‘ur avtonom tumanida yashovchi erkak xitoycha Yangi yilni juda faol nishonlagani sababli ortiqcha vazn yiqqan.

Yangi yil ta'tili davomida erkak 7 kg dan ko‘proqqa semirgan. U buni ko‘plab oilaviy va do‘stona uchrashuvlarga borgani va u yerda me'yoridan ortiqcha taom qabul qilgani bilan tushuntirgan. Natijada uning uzugi uning barmog‘ini siqib, unga azob bera boshlagan. Erkak yordam so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘lgan. O‘t uchiruvchilar erkakning uzugini sinalgan usullardan biri yordamida chiqarib olishgan.

8 fevralda oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil nishonlandi. Bu bayram katta ko‘lamda Xitoyda nishonlangani sababli "Xitoy yangi yili" deb ataladi. Biroq Xitoydan tashqari bu bayram Osiyoning boshqa davlatlari va katta miqdorda osiyoliklar yashaydigan davlatlarda keng nishonlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: