Xitoy Shimoliy Koreyadan tog‘-kon mahsulotlari importini qisman to‘xtatdi

Iqtisodiyot 11:04 / 02.03.2016 2167

Pxenyanning yadroviy-raketa dasturini rivojlantirishiga qarshi kiritilgan sanksiyalari doirasida Xitoy Shimoliy Koreyadan ko‘mir va kon sanoatining boshqa mahsulotlari importiga qisman cheklovni amalga kiritdi.

Yapon tadbirkorlar gazetasi "Nikkey"ning yozishicha, Xitoy Xalq Respublikasining ba'zi portlari va bojxona postlari shunday mahsulotlarni kiritmaslik haqida buyruq ham olishgan, deb xabar beradi TASS.

Xususan, bunday buyruq ikki tomonning muhim savdo markazi hisoblangan Dandun shahri chegarasi rahbarlariga yetkazilgan. 1 mart kuni Shimoliy Koreyadan 70 ta yuk mashinasi kirgan va ulardan birortasida ham ko‘mir ham, ruda ham bo‘lmagan. 29 fevral kuni esa yuk mashinalarning soni ikki barobar ko‘p bo‘lgan, ularning aksariyati tog‘-kon mahsulotlarini olib o‘tganlar.

Shimoliy Koreya tashqi savdosining 90 foizi Xitoy bilan bog‘liq, uning eksportida ko‘mir savdosi 40 foizni egallaydi. Aynan ko‘mir sotish orqali Pxenyan har yili 1 milliard dollardan ortiq foyda olardi. Bunday katta daromadning keskin kamayishi, mutaxassislarning tahminiga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning yader quroli va ballistik raketa yaratish borasidagi urinishlarini susaytiradi yoki butunlay to‘xtatadi.
Biroq, Tokioning fikricha, Xitoy oddiy aholi turmush tarziga ziyon keltirmaslik uchun bunday cheklovni to‘liq amalga kiritishga rozi bo‘lmasligi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: