Germaniya chempionatining 24 turi doirasida «Gannover» va «Volfsburg» jamoalari o‘rtasida kechgan bahsda (0:4) mehmon jamoa muxlislari uchirgan raketnitsa (signal va yorituvchi raketalarni otuvchi to‘pponcha) zarbasi mezbon jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi vakillari o‘tirgan zaxira o‘rindiqlari hududiga kelib tushdi.
Bu hodisa tufayli mezbon jamoa vakillari jarohat olgani to‘g‘risida ma'lumot yo‘q.