«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger muxlislar va jamoatchilikning APL 27 turida «Manchester Yunayted»dan uchralgan mag‘lubiyatga (2:3) nisbatan bildirilgan keskin tanqidlarga javob qaytardi.
«Biz atrofimizni o‘rab olgan negativ kayfiyatdan xalos bo‘lishni istaymiz.
Keling, bizni tirishib, jon-jahdingiz bilan tanqid qilishni to‘xtating. Axir biz ligada jon saqlab qolish uchun emas, yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqdamiz. Tanqidlar o‘rinli bo‘lishi lozim.
Jamoa muxlislari hamisha biz bilan birga kurashishini kutaman. Ular mavsumning oxirgi o‘yiniga qadar bizning g‘olib bo‘lishimizga ishonch bildirishlari kerak.
Bu liga bizni toblagan. Yaxshi bilamizki, ligadagi har bir jamoa istalgan vaqtda ochko yo‘qotishi mumkin, shu tufayli mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda yakunlash uchun imkoniyatlar yetarlicha.
Men o‘z jamoamni tanqidlardan himoya qilishim kerak. Futbolchilarim mavsum boshidan buyon bir tanu bir jon bo‘lib o‘ynashmoqda. Jamoaning ruhi baland. Odamlar judayam ko‘p gapirishmoqda. Lekin biz faqat biz haqimizda qayg‘urganlarnigina eshitishimiz kerak.
Grem Suness? Men alohida odamlarga bitta-bitta javob qaytarishni istamayman.
Undaylar hissiyotlarini jilovlay olishmaydi. Biz esa betaraf bo‘lishimiz kerak. Bu klub haqida nima deyishmasin, bu jamoa butun dunyoda o‘ziga yarasha hurmatga ega.
Bunday odamlar esa meni hayron qoldiradi. Undaylarning tanqidlari o‘ta o‘rinsiz va hissiyotlarga to‘la. Lekin men shikoyat qilmoqchi emasman.
Natijalar yomon bo‘lsa, odatda futbolchilar o‘rniga boshqa qutqaruvchi kelishini kutishadi. Lekin biz shu futbolchilar bilan mavsumda ko‘p o‘yinlarni yaxshi o‘tkazdik va ajoyib g‘alabalarga erishdik. Men hozirda jamoaga yetakchi futbolchi yetishmayotganini sezmayapman. Ular bor va har bir chiziq vakillari o‘z ishini yaxshi bajarishmoqda», – deydi Venger.
Klaudio Raneri: «Lester» chempionlik poygasidagi ishtirokini davom ettiradi»
Manuel Pellegrini: «Chempionlik poygasida ortiq xato qilishga haqqimiz yo‘q»