UYeFA rasmiysi Yevro-2016 o‘yinlari muxlislarsiz stadionlarda o‘tkazilishi mumkinligini tasdiqladi

Sport 22:06 / 02.03.2016 4426

Yevro-2016 turnirini tashkillashtirish qo‘mitasi direktori Martin Kallen Fransiyada terrorizm xavfi mavjudligi tufayli turnirning o‘tkazilish tartibida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini ma'lum qildi.

U o‘yinlar muxlislarsiz stadionlarda o‘tkazilishi, o‘yinlar vaqtlari o‘zgartirilishi yoki o‘yinlar o‘tkaziladigan joylar almashtirilishi mumkinligini bildirgan.

"Biz ehtimoliy vaziyatlarning barcha ko‘rinishlariga tayyorlanishimiz zarur. Ayni vaqtda hech qanday xavf haqida ma'lumot bo‘lmasada, barcha ehtimollarni inobatga olish kerak. Bu ishlarning barchasi aksilterror reja doirasida amalga oshiriladi", deya direktorning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Gazete.Ru» sayti.

"Biz barcha ishtirokchilarning, futbolchilar, muxlislar hamda boshqa mehmonlarning xavfsizligini ta'minlashimiz kerak. Turnirni bayramona o‘tkazish uchun barcha choralar ko‘riladi. Ayni vaqtda batafsil ma'lumotlarni bera olmaymiz", degan u.

2 mart kuni Fransiya mezbonlik qiladigan ushbu turnir boshlanishiga 100 kun qolgani munosabati bilan orqaga harakatlanuvchi vaqt belgilandi.

Yevro-2016 o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi mumkin

Ko‘proq yangiliklar: