Turkiya o‘z hududiy suvlariga (akvatoriya - suv havzasining chekli bir qismi) NATO kemasi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymadi. Bu haqda RTBF xabar bergan.
Hukumat bu qarorini NATO dengiz kuchlari guruhi qo‘mondoni Yorgu Klyaynu avvaliga o‘z harakatlarini belgilab olish uchun Anqaraga kelishi kerakligi bilan izohlagan.
Qayd etilishicha, kema noqonuniy migratsiya yo‘nalishlarida amaliyot o‘tkazish maqsadida suzayotgandi.
Berlin va Anqara ushbu masala bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Turkiya hukumati NATO kemalari tomonidan Egey dengizida "qutqarilgan qochqinlar"ni o‘z hududida qabul qilishga qarshi ekani aytiladi.
Turkiya dengiz chegaralariga NATO harbiy kemalarini yuborish haqidagi qaror 11 fevral kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qabul qilingandi.
Bundan oldinroq, NATOning nazorat guruhi tarkibidagi 2 kema Gruziyadagi Batumi portiga kelgani haqida xabar berilgandi. Ayni vaqtda Batumida Turkiya, Ispaniya va Ruminiya kemalari ham bor.