AQSh prezidentligi uchun nomzodlardan biri, respublikachilar vakili Donald Trampning aytishicha prezidentlikka demokratlar partiyasidan nomzod hisoblanadigan, mamlakatning sobiq bosh kotibi Hillari Klinton prezidentlikka saylansa ham, uning Oq uy majburiyatlarini bajarishga bardoshi yetmaydi.
"Klintonda prezident bo‘lishga kuch va bardosh yo‘q", - deydi milliarder Ogayo shtatidagi tarafdorlari bilan uchrashuvida. Trampning fikricha, mamlakatni boshqarish uchun, "qat'iylik kerak" va bu xususiyat unda bor.
Bundan oldinroq, Tramp ABC telekompaniyasiga bergan intervyusida, o‘zini "Hillari Klinton qarshi kurashishni xohlamagan yagona nomzod" deb atagan edi.
Tramp Ogayo shatatidagi 4 ming nafar tarafdori yig‘ilgan uchrashuvidagi chiqishida, g‘alaba qozongan taqdirda u yana noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatish maqsadida, Meksika chegarasida to‘siq qurishni va amerikaliklarning qurol olib yurishiga kafolat beruvchi qonunni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
1 mart kuni AQShning 11 shtatida boshlang‘ich saylovlar va partiya faollari majlisi bo‘lishi kerak bo‘lgan "superseshanba" bo‘lib o‘tdi.
Tramp chiqish qilgan, Ogayo shtati (praymeriz bu shtatda 15 martda bo‘lib o‘tadi) bu ro‘yxatga kirmaydi. Bundan kelib chiqib, mahalliy OAV va mutaxassislar Tramp o‘z g‘alabasiga shunchalik ishonadiki, "superseshanba" shtatlarida prezidentlik kampaniyasini o‘tkazmadi, degan xulosaga kelishdi.
CNN telekompaniyasi va ORC tadqiqot xizmati o‘tkazgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, Tramp Oq uy rahbarligi uchun kurashda respublikachi raqiblarini 49 foiz ustunlik bilan ortda qoldirmoqda. Klinton esa so‘rovlar natijasiga ko‘ra, demokratlar orasida 55 foiz ovoz bilan yetakchi bo‘lib kelmoqda.
AQShda «superseshanba»ning ilk natijalari ma'lum bo‘ldi
Hillari Klinton: Qo‘shma Shtatlar jamiyat tanazzulini yengib o‘tishi kerak