Angliyaning beshta yetakchi klubi yangi, Yevropa chempionlar ligasidan ko‘ra saviyaliroq turnir tashkil qilish bo‘yicha yashirincha muzokaralar o‘tkazishdi.
The Sun bergan ma'lumotga ko‘ra, «Manchester Yunayted» vitse-prezidenti Ed Vudvord, «Chelsi» prezidenti Bryus Bak, «Arsenal» ijrochi direktori Ivan Gazidis, «Manchester Siti» ijrochi direktori Ferran Soriano, «Liverpul» ijrochi direktori Ien Eyr o‘tgan haftada amerikalik milliarder Stiven Ross bilan mazkur masalada suhbatlashish uchun yig‘ilishgan.
Xabarda aytilishicha, Ross Yevropada yangi superliga tashkil qilish niyatida. Turnir jamoalar ichki chempionatida egallab turgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmagan holda ishtirok etishadi. Bu Angliya klublarining kuchli to‘rtlikka kira olmagan taqdirda ko‘riladigan moliyaviy zarar oldini oladi.
Bundan tashqari, yangi turnir ingliz klublariga Chempionlar Ligasidan topayotgan pulidan ko‘proq mablag‘ keltirishi mumkin bo‘ladi. Shu jumladan qulay bo‘lgan televizion shartnomaga ham ega bo‘lish imkoniyati yaratiladi.
Ross mazkur turnirni iloji boricha tezroq tashkil etishni istamoqda.
75 yoshli tadbirkor Amerikaning MFLda «Mayami Dolfins» superboul jamoasi xo‘jayini sanaladi. Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, uning umumiy boyligi 12 milliard dollarni tashkil etadi.