Xalqaro koinot stansiyasidagi fazogirlar bilan Yerga qaytayotgan "Soyuz TMA-18M" kemasi XKSdan ajraldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Kema bortida XKSda bir yil ishlagan fazogirlar Skott Kelli va Mixail Korniyenko hamda yarim yil ishlagan Sergey Volkov bor.
"Soyuz" kemasi Yer atmosferasiga Moskva vaqti bilan soat 07:03 da kirishi kutilmoqda. Kemaning tushiriluvchi kapsulasi Qozog‘istondagi Jyezqazg‘an shahridan 147 km uzoqlikda soat 07:25 da qo‘ndirilishi rejalashtirilgan.
XKSda Yerdan navbatdagi smenaning kelishini poylash rejimida fazogirlar Timoti Kopra (AQSh, NASA), Timoti Pik (Buyuk Britaniya, YeKA) va Yuriy Malenchenko (Rossiya, Roskosmos) qoldi.
XKSga keyingi ekspeditsiya 19 martda yuboriladi. Bu ekspeditsiya tarkibida Yer orbitasiga rossiyalik fazogirlar Aleksey Ovchinin i Oleg Skripochka hamda amerikalik Jyeffri Uilyams jo‘naydilar.