Rossiyaning Penza viloyatida ro‘y bergan YTH tufayli 9 kishi halok bo‘ldi

Jahon 18:13 / 02.03.2016 3235

Rossiyaning Penza viloyatida mikroavtobus va yuk mashinasi ishtirorokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, bu hodisa tufayli 9 kishi halok bo‘lgan va 12 kishi tan jarohatlari olgan.

"Viloyatning Bessonovsk tumani hududidagi M5 "Ural" trassasida Mercedes rusumli avtobus va yuk mashinasi to‘qnashgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu yo‘l-transport hodisasi tufayli 9 kishi halok bo‘lib, 12 kishi jarohatlangan", deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: