Rio-2016 olimpiadasida professional bokschilar ham ishtirok etishi mumkin bo‘ladi

Sport 18:04 / 02.03.2016 1861

2016 yilning avgust oyida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan Yozgi olimpiada o‘yinlarida professional bokschilar ham ishtirok etishlari mumkin. Bu haqda xalqaro havaskorlar boks federatsiyasi prezidenti Ching-Kuo Vu Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi

«Rioda professional bokschilar ham bo‘ladi. Ammo buning uchun ular ham qolgan sportchilar kabi bo‘lishi kerak. Ular ham saralash bosqichidan o‘tishi va milliy federatsiyalardan biri nomidan ishtirok etishi lozim. Ular Olimpiadaga shunchaki qo‘yilmaydi», — deya ta'kidladi Ching-Kuo Vu.

Ko‘proq yangiliklar: