Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya rahbariyati bilan o‘z kelajagi masalasini, ya'ni respublika rahbarligidan ketish, so‘ng o‘rnini kim egallashi masalasini muhokama qilmaganini aytdi. Bu haqda u «Interfaks» nashriga bergan intervyusida gapirib o‘tgan.
«Yo‘q, bu savol muhokama qilinmaydi. Bunday savollarni ko‘tarib chiqishning o‘z qoidalari bor. Agar muhokama qilinsa ham, men bu haqda gapirmayman», — deydi Qodirov.
Shu bilan birgalikda u bu boradagi barcha qaror mamlakat prezidenti Vladimir Putin tomonidan hal qilinishini qo‘shimcha qilgan.
«Yana qaytaraman, bu xususidagi istalgan savol Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan hal qilinadi. Men esa oddiy piyodaman, qachonki buyurishsa, «Xo‘p!» deymanu, buyruqni bajarishga kirishaman» — deya qo‘shimcha qiladi Checheniston rahbari.
U Rossiya prezidentining istalgan buyrug‘ini bajarishga tayyorligini eslatib o‘tgan.
Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligi lavozimidan ketishga tayyorligini ma'lum qildi