Qirg‘izston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurash xizmati “Fonta” kompaniyasi tomonidan yirik hajmdagi oltin qazilmasini berkitganligini aniqladi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik davlat tashkiloti ma'lum qilgan.
Keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, “Fonta” mas'uliyati cheklangan jamiyati respublikaning Jalolobod viloyatidagi "Sulu-Tegerek" va "Kuru-Tegerek" konlarida ish olib borgan. "MChJ bergan ma'lumotga ko‘ra, "Kuru-Tegerek" konini rivojlantirish maqsadida qazilgan chiqindilarning umumiy hajmi 1317,4 ming kubometrni tashkil etadi", - deyiladi berilgan ma'lumotda.
Shu bilan birga, mamlakat ekologik va texnik xavfsizlik mutaxassislari davlat inpektsiyasi, shuningdek, respublika geologiya va mineral resurslar davlat agentligi ishtirokida tekshiruv o‘tkazilganida shu narsa ayon bo‘ldiki, ushbu maydondagi oltin chiqindilari hajmi 2255,3 ming kubometrni tashkil etgan.
Ayni damda Qirg‘izistonda bir gramm oltin qiymati 4,44 ming so‘mni (60 dollar atrofida) tashkil etadi.