“Biz fuqarolar uchun barcha qulayliklarni yaratib berishimiz kerak. Odamlar Bishkek ko‘chalarida sayr qilishdan qo‘rqmasliklari lozim”, - deydi Qirg‘iziston Bosh vaziri Temur Sariyev Bishkek shahrining yangi hokimini tanishtirishda bo‘lgan yig‘ilishda.
“Kelayotgan payshanba patrul taftish xizmati va YPXning qo‘shilishi haqidagi qarorni imzolayman. Bishkek shahrida sodir bo‘lgan jinoyat va yo‘l-transport hodisalari joylariga yetib borish vaqtini kamaytirish uchun 100 ta avtomashina ajratib berilmoqda. Endi militsiya xodimlari chaqiruvga uch daqiqa ichida yetib keladilar”, - deydi Temur Sariyev.