2015 yilda 30 million dollar va undan ko‘p kapitalga ega odamlarning umumiy boyligi 20,8 trilliondan 19,3 trillionga pasayib ketdi. “Ultraxaynetlar”(moliyachilar tilida, multimillionerlar) ro‘yxatidan esa 5,5 mingdan ortiq kishi chiqib ketgan.
Knight Frank kompaniyasining The Wealth Report tadqiqoti natijalariga ko‘ra, 2015 yil so‘ngida dunyoda 30 million dollar va undan ortiq shaxsiy mablag‘ga ega 187,5 mingdan ko‘p odam bo‘lgan.
2015 yilda aksariyat yirik jamg‘arma indekslarining pasayishi, ko‘chmas mulk jahon bozorida vaziyatning yomonlashuvi hamda neft va boshqa xomashyolar narxining keskin tushib ketishi “ultraxaynetlar” sonining kamayib ketishiga asosiy sabab bo‘lib xizmat qildi.
Dunyo bo‘yicha milliarderlarning umumiy soni 3 foizga yoki 63 kishiga kamaygan: 1982 odamdan 1919 qolgan.