AQSh prezidenti Barak Obama tvitterda AQShning "Tampa Bey Reyz" beysbol jamoasining Kuba terma jamoasiga qarshi uchrashuviga tashrif buyurishini tasdiqladi. Beysbol uchrashuvi 22 martda Gavanada bo‘lib o‘tadi.
"O‘ynaymiz!", deb javob berdi uchrashuv va unga Obamaning tashrif buyurishini e'lon qilgan Bosh beysbol ligasining tvitiga Obama.
Avvalroq Obama mart oyi oxirida Kubaga tashrif buyurishi ma'lum bo‘lgandi.
"AQSh rahbari Kuba hukumati va Kuba xalqining aziz mehmoni bo‘ladi. U Kubaga xos bo‘lgan mehmondo‘stlik bilan kutib olinadi", deb aytildi Kuba tashqi ishlar vazirligidagi AQSh bo‘limi boshlig‘i Xosefina Vidal xabarida.
Barak Obamaning Kubaga tashrifi AQSh prezidentining Kubaga 1928 yildan beri birinchi safari bo‘ladi. O‘shanda Kubaga AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Kalvin Kulij tashrif buyurgan. AQSh jamoasining Kubadagi uchrashuvda ishtirok etishi 1999 yildan beri birinchisi bo‘ladi.
Obamaning Kubaga tashrifidan keyin Gavanada Rolling stones rok guruhi bepul konsert beradi.