Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Rossiya prezidenti Vladimir Putindan muddatining uzaytirilishiga ruxsat oladi va respublika rahbari lavozimiga saylovlarda ishtirok etadi, deb xabar bermoqda RBK nashri.
Xabarda aytilishicha, Qodirov 5 aprelgacha Checheniston rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi, deb xabar bermoqda Putin ma'muriyati va Checheniston rahbariyatiga yaqin uchta manba. Qodirov sentabrda respublika rahbari lavozimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlarda ishtirok etadi
Chechenistonning Rossiya Federatsiya kengashidagi vakili Ziyod Sabsabiy Qodirovning aytgan so‘zlari uning yangi muddatga borishdan voz kechishini anglatmasligini aytdi. Ta'kidlanishicha, agentlikning yana bir suhbatdoshi Qodirovning yangi muddatga qayta saylanishiga shubha qilmasligini aytgan.
"Shunchaki buning barchasi qolishga undashlar bilan birga borishi kerak", deb aytdi Kremlga yaqin manba.
Avvalroq Ramzon Qodirov o‘zining Checheniston rahbari sifatidagi kelajagini davlat rahbariyati bilan muhokama qilmagani aytgan. Qodirov o‘zining taqdiri borasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning istalgan qarorini qabul qilishga tayyorligini bildirgan.