Italiyaning «Napoli» klubi hujumchisi Gonsalo Iguain faoliyatini Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabar berishicha, ingliz klubiga Joze Mourino bosh murabbiy etib tayinlangan taqdirda 28 yoshli hujumchi hujumni kuchaytirish uchun asosiy nomzod bo‘ladi.
«Manchester Yunayted» argentinalik futbolchi uchun 80 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi.
Iguainning «Napoli» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar davom etadi. Shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan tovon puli 94,5 million yevro qilib belgilangan. Qayd qilinishicha, tomonlar bitimni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘yishgan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchiga shuningdek «PSJ» va «Chelsi» jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Iguain Italiya chempionatida 27 uchrashuvda maydonga chiqib, 25 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan.