Yetakchi yadroviy mamlakatlar yadro qurolini kamaytirish borasida dunyoga birinchi bo‘lib namuna ko‘rsatishi kerak, deb ma'lum qildi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik missiyalar rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuvda.
Nazarboyevning fikricha, dunyoni terrorizm qamrab olayotgan bir davrda qudratli mamlakatlar kuchli qurollarga egalik qilib, boshqalarga buni ta'qiqlashi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Boshqa qo‘shni davlatlar ham o‘z hududlarini himoyalash uchun yadro quroliga egalik qilishni istab qoladilar, bu esa juda xavfli, fikrini davom ettirdi Nazarboyev.
Mamlakat rahbari “Qozog‘iston ham qurol tarqatmaslik rejimini mustahkamlashga o‘z izchil hissasini qo‘shib kelayotgan”ini eslatib o‘tdi. Jumladan, Eron yadroviy dasturiga oid xalqaro muzokaralar jarayonini qo‘llab-quvvatladi va unga o‘z amaliy ulushini qo‘shdi.
“2016 yilda dunyo Semipalatin yadroviy poligoni yopilganining 25 yilligi, Markaziy Osiyoda erkin savdo bitimining 10 yilligi, shuningdek, yadroviy tajribalar o‘tkazishni umumiy ta'qiqlash kelishuvining 20 yilligi nishonlanadi. Ushbu tarixiy sanalar, barcha mamlakatlar bir yoqadan bosh chiqarib, yadro qurolidan xoli dunyoni targ‘ib qilishi uchun muhim sababdir”, -fikrini yakunladi qozog‘istonlik rahbar.