Bugun, 2 mart kuni Osiyo chempionlar ligasining 2-turi doirasida “Nasaf” o‘z maydonida “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) jamoasini qabul qildi.
O‘yinda qarshiliklar to‘liq ustunlik qilishdi va g‘alabani tantana qilishdi. Dastlab, 47 daqiqada mezbonlarning yosh hujumchisi Bobur Abduxoliqov hisobni ochdi. 59 daqiqada Maqsud Karimov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 69 daqiqada Muhannad Abu Radiya penalti zarbasini aniq amalga oshirib, javob goli muallifiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, 1 hafta oldin o‘tkazilgan safardagi uchrashuvda "Nasaf" 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.
OChL, 2-tur.
“Nasaf” (O‘zbekiston) – “Al Ahli” (Saudiya Arabistoni) 2:1
Gollar: Bobur Abdixoliqov 47, Maqsud Karimov 59 - Muhannad Abu Radiya 69.
“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 6.Aziz G‘aniyev, 7.Shuhrat Muhammadiyev, 9.Ilhom Shomurodov, 10.Dilshod Rahmatullayev, 17.Artur Gevorkyan, 18.Bahrom Abduraximov, 23.Sherzod A'zamov, 31.Saydullo Rahmatov, 45.Bobur Abduxoliqov (14.Sharof Muhitdinov 90).
“Al Ahli”: 22. Abdulloh Mayouf, 5. Fahad Hamad, 6. Muhammad Fatil, 11. Husayn Mugahvi (4. Valid Baxshin 63) 14.Muhannad Asiri, 15. Solih Amri, 20. Islom Seraj (47.Mustaa Albassas 63) 26. Muhammad Aman, 70.Markino, 77. Amiri Kurdi, 99. Komil Musa.
Ogohlantirish: Muhammad Aman 20, Fahad Hamad 29, Sherzod A'zamov 40, Dilshod Rahmatullayev 49, Husayn Mugahvi 49, Volid Bahshin 73.