Moskvadagi "Kirgiziya" kinoteatridan tutunlanish sababli 280 odam evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi.
"1 mart kuni soat 20:36 da "Kirgiziya" kinoteatrining 3-qavatidagi xonalardan birida kichik tutunlanish haqida xabar kelib tushgan", deb aytdi matbuot xizmati xodimi.
Uning aytishicha, tutunlanish elektr simida qisqa tutashuv yuz bergani sababli chiqqan.
Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.