2 mart kuni Moskvadagi yog‘ingarchilik ko‘rsatkichi 1966 yildagi rekord darajasidan oshib ketdi, deya xabar beradi Moskva gidrometmarkazi.
“2 mart kunidagi yog‘ingarchilikning maksimal ko‘rsatkichi bir sutkada 22,2 mm.ni ko‘rsatdi va bu 1966 yilda qayd etilgan edi. Bu yil ko‘rsatkich faqat 12 soatga oshdi”, - deya xabar beradi sinoptiklar.
XHYuK (VDNX) meteostansiyasida 24 mm.gacha yog‘ingarchilik kuzatildi, shahar markazida esa – 26 mm. Bu oylik me'yor – 34 mm.dan 70 foizga oshib ketdi. Qor uyumining balandligi 20 sm.dan oshib ketdi va 50 sm.ga ko‘tarildi.
Kuchli qor yog‘ingarchiligi Moskva viloyatlarida kuzatildi. Eng ko‘p yog‘ingarchilik Naro-Fominskda 28 mm.gacha yog‘di.
Qorlarni kurash uchun 60 mingdan ortiq ishchi jalb etildi, deya xabar berdi Moskva hokimining o‘rinbosari Pyotr Biryukov.
“Moskva ko‘chalarida 15,5 ming nafar maxsus texnik xodimlar, shu jumladan, qor tashuvchilar va 3 mingdan ziyod yuk tashuvchi mashinalar ishlashda davom etmoqda” – deya qo‘shimcha qildi u.
Qorning tinimsiz yog‘ishi poytaxt yo‘llaridagi tirbandlikni keltirib chiqardi. Shuningdek, ob-havo tufayli aeroportlardagi ba'zi reyslarning uchishi cho‘zildi yoki man etildi. Moskva Transport departamenti tongda haydovchilarga jamoat transportlari foydasi uchun shaxsiy mashinalarda yo‘lga chiqishni taqiqladi.