O‘zbekiston huquq-tartibot muassasalari rossiyalik hamkasblariga Moskvada 29 fevralda 4 yoshli qizchani o‘ldirishda ayblanayotgan Gulchehra Boboqulovada ruhiy xastalik borligi haqida ma'lumot berishdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi bir manbaga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Manbaning aytishicha, ayolga 1999 yilda "shizofreniya" tashxisi qo‘yilgan. Shifokorlarning ma'lumotlariga ko‘ra, u bir necha bor statsionar davolash muassasalarida davolangan.
Manbaning ta'kidlashicha, ayolning eri uning ruhiy xastaligi tufayli u bilan ajrashishni rasmiylashtirgan.