Lionel Messi: «OAVning ba'zi noxolis jurnalistlari qarashlari meni tashvishga sola olmaydi»

Sport 14:41 / 02.03.2016 2616

«Barselona» jamoasi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘ziga jurnalistlar tomonidan bildiriladigan tanqidiy fikrlariga munosabat bildirdi.

«OAVning ba'zi vakillari tomonidan men haqimda aytiladigan noxush fikrlarga e'tibor qaratmayman. Ular meni tashvishga solishmaydi.

Matbuot jamoat fikrini ifodalashi kerak. Ammo ba'zi noxolis jurnalistlar muxlislik nuqtai nazaridan vaziyatni baholaydi va fikrlaydi. Undaylar obektiv bo‘la olishmaydi», — deydi Messi.

Ko‘proq yangiliklar: