Illinoyslik olimlar oddiygina ichimlik suvi ortiqcha vazndan qutilmoqchi bo‘lganlar yoki shakar, yog‘lar va xolesterin iste'mol qilishni kamaytirmoqchi bo‘lganlarga beminnat yordamchi ekanligini yana bir bor isbotladilar. Tadqiqot tafsilotlari Journal of Human Nutrition and Dietetics’ning oxirgi sonida nashr etilgan.
Diyetologlar 18,3 ming nafar katta yoshdagi amerikaliklarning ovqatlanish odatlarini o‘rganib chiqdilar. Ma'lumotlar Milliy sog‘liqni saqlash va oziqlanishni tekshirish doirasida 2005 yildan 2011 yilgacha o‘tkazilgan tadqiqotdan olindi. Har bir ishtirokchidan ikki kun davomida yegan va ichgan har bir narsani sanab berish so‘ralgan. Ma'lum bo‘lishicha, so‘rovda ishtirok etganlar kuniga o‘rtacha 2,1 ming kaloriya iste'mol qilganlar, ulardan 125 kaloriya shakarli ichimliklar, va 432 kaloriya – past kaloriyali “diyetik” shirinlik va desertlarga to‘g‘ri kelgan. Har bir ishtirokchi bir kunda o‘rtacha 4 stakan suv ichgan, bu umumiy qabul qilingan ichimliklarning 30 foizini tashkil etadi.
Qayta o‘tkazilgan so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, bir kunda odatdagidan bir-uch stakan ko‘proq suv icha boshlagan odamlar kunlik kaloriya iste'molini 205 birlikka tushirishgan, bu 18 g shakar va 21 g xolesteringa teng.