Indoneziya g‘arbida, Sumatra oroli yaqinida 2 mart kunining ikkinchi yarmida yuz bergan 7,9 balli zilzila tufayli halok bo‘lganlar borligi haqida ma'lum qilindi. Bu haqda mamlakat qutqaruv xizmati vakili ma'lumot bergan. Ma'lumotda qurbonlar soniga aniqlik kiritilmagan.
AQSh Geologiya xizmatining oxirgi xabariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 24 km chuqurlikda joylashgan.
Shuningdek, hukumat bu zilzila ortidan kuchli sunami kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.