Fransiyaning milliy politsiyasi ota-onalarni feysbukka o‘z farzandlarini suratini qo‘yish haqida avval jiddiy o‘ylab, keyin ish tutishlarini so‘radi.
Sababi tarmoqlardagi suratlar bolalarning xavfsizligiga yetarlicha tahdid soladi.
Hukumat fikricha, barcha o‘z farzandining kelgusidagi psixologik yoki ijtimoiy muammolari haqida qayg‘urayotgan bir paytda, keng tarqalgan rasmlar shahvoniy yirtqichlarni e'tiboriga tushishi mumkin. Frantsuz eksperti ota-onalar, xattoki kelajakda farzandlarining yoshligida shaxsiy hayotini izdan chiqarganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligini aytib o‘tdi.
“Farzandlaringizni himoya qiling!” deya Fransiyaning milliy politsiyasi - jandarmeriya o‘tgan oy feysbukda foydalanuvchilardan o‘z bolalari bilan tushgan fotosuratlarini joylashtirishga chaqirgan “Onalik muammolari” virusli kampaniyasidan ehtiyot bo‘lishlarini ogohlantirdi. “Siz o‘zingizning ajoyib farzandlaringizdan qancha fahrlansangiz oz, lekin ehtiyot bo‘ling. Biz feysbukka joylashtirayotgan suratlaringiz xavfdan holi emasligini eslatib qo‘ymoqchimiz”, - deya davom etdi milliy jandarmeriya o‘z murojaatida.
Jandarmeriyaning tumanlardagi bo‘linmalari bu masalaga yanada chuqurroq yondoshib, barcha ota-onalardan odat tusiga aylangan ish – suratlarni joylashtirishdan to‘xtashlarini iltimos qildi.
Le Figaro fransuz gazetasida aynan shu mavzuda intervyu tashkil etildi. Unda internet bo‘yicha huquqshunos-ekspert Éric Delcroix Fransiya shaxs dahlsizligi qonunchiligiga asosan biron bir shaxsning suratini o‘zining ruhsatisiz tarqatish yoki chop etish holatida aybdor bir yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi va 45 yevro miqdorida jarima to‘lashini qayd etdi. Bu qonun farzandlarining rasmini tarmoqlarda keng ommaga namoyish etayotgan ota-onalarga ham tegishlidir. Internet huquqi bo‘yicha mutaxassis, advokat Vivian Gells esa “Ota-onalar o‘z bolalarining shaxsini himoya qilishga ma'suldir”, deya ta'kidladi gazetada.