Fransiya hukumati Yengil atletika federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (IAAF) doirasida 2016 yilda Rio-de-Janeyroda, 2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan yozgi olimpiadalar mezbonligini aniqlashda poraxo‘rlikka yo‘l qo‘yilgani ehtimoli bo‘yicha tekshiruv boshlagan.
IAAF tizimidagi poraxo‘rlik holati bo‘yicha Fransiya prokuraturasi tashkilotning sobiq rahbari va Xalqaro olimpiya qo‘mitasining sobiq a'zosi Lamin Diakni tergov qiladi.
"Ayni vaqtda bizda turnirlar mezbonini aniqlash jarayonida qoidalar buzilgani bo‘yicha hech qanday ma'lumotga ega emasmiz. Bizda Axloq qo‘mitasi bor. Hozircha tergov uchun yetarli ma'lumotlarga ega emasmiz, lekin dalil-isbotlar topilsa, ishni boshlaymiz", deya XOQ vakili Mayk Adamsdan iqtibos keltiradi «R-Sport».
Bundan oldinroq, IAAFsobiq prezidenti Lamin Diak Rossiya yengil atletika federatsiyasi sobiq rahbari Valentin Balaxnichevni rossiyalik yengil atletikachilar dopingdan foydalanganini yashirish uchun pora berganlikda ayblagandi.
Ko‘p o‘tmasdan 4 mingdan ziyod rossiyalik yengil atletikachi, jumladan, Yelena Isinbayeva IAAF tomonidan diskvalifikatsiya qilindi.