Finlyandiyada internet orqali jinoyatga buyurtma berish mumkin

Jamiyat 19:12 / 02.03.2016 3295

Finlyandiyada anonim saytlar orqali jinoyatga byurtma berish haqida Davlat prokurori Matti Nissinen gapirib berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, internet orqali, masalan, noqonuniy pul “aylantirish” yoki ziyon keltiradigan dasturlar byurtma qilish mumkin, deb xabar beradi Yle.

Xizmat haqi ko‘pincha virtula valyutada to‘lanadi.

Nissinen hukumatni xalqaro jinoyatchilikning yangi shakllari rivojlanib ketishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi va qat'iy nazoratga chorladi.

Davlat prokurorining ma'lumotlariga binoan, anonim tarmoqlar orqali narkotiklar sotib olish va xatto, qotillikka ham buyurtma berish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: