Filippin amaldorlari amerikalik qo‘shiqchi Madonnani mamlakat bayrog‘ini haqoratlaganlikda ayblashdi va unga mamlakatga kirish taqiqlanishi bilan po‘pisa qilishdi, uning promouterlariga esa mamlakatdan chiqarib yuborishlarini aytishdi, deb xabar beradi NME.
Filippin milliy tarix komissiyasining Geraldiya seksiyasi boshlig‘i Teodoro Atiyensa jahon yulduzini mamlakat bayrog‘ini kiyim-kechak qilib yoki uni kostyum bezash uchun bo‘lak sifatida ishlatish man etilgan qonunni buzganlikda aybladi.
Fevral oyining oxirida Manila shahrida bo‘lib o‘tgan konsertda Madonna mamlakat bayrog‘ini o‘zining ustiga o‘rab sahnaga chiqqan. Bundan tashqari, bayroq polga ham tekkan, bu esa yana bir qonun buzarlikka kiradi, deb ta'kidladi Atiyensa.
Amaldorning fikriga ko‘ra, bu qo‘shiqchi uchun mamlakatga kirish huquqidan mahrum bo‘lish bilan tengdir, konsertning filippinlik tashkilotchilari esa deportatsiya qilinishi mumkin.
57 yoshlik Madonna dunyo bo‘ylab Rebel Heart nomli konsert dasturlarini o‘tkazib bormoqda. Qo‘shiqchi diskografiyasidagi xuddi shu nomli albom 2015 yilda sotuvga chiqdi. Tur davomida muxlislar konsert boshlanishi cho‘zilib ketganidan shikoyat qilishgan.
Manchesterdagi chiqishi davomida esa xonanda uzoq kutishdan norozi bo‘lgan muxlisini so‘kib, haqorat qilgan.