Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg Forbes jurnali talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari reytingidagi o‘z mavqeini 10 pozitsiyaga yaxshilab, 16-o‘rindan 6-o‘ringa ko‘tarildi.
Forbes chop etgan ma'lumotlarga ko‘ra, Tsukerbergning davlati bir yil ichida 11,2 mlrd dollarga ko‘paygan va 44,6 mlrd dollarga yetgan.
Bundan tashqari, Amazon kompaniyasi asoschisi Djyeff Bezos ham reytingdagi o‘rnini 10 pozitsiyaga yaxshilagan, uning davlati 45,2 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Reytningning eng yuqori pog‘onasini an'aviy tarzda Microsoft rahbari Bill Geyts egalladi. O‘tgan yil ichida uning boyligi 4,2 mlrd dollarga kamayib, 75 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Avvalroq Forbes jurnali dunyoning eng boy odamlarining 2016 yilgi reytingini chop etdi. Yangi reyting hisob bo‘yicha yubiley 30-reyting bo‘ldi.