Braziliyada Facebook’ning top-menejyeri qo‘lga olindi

Jamiyat 10:04 / 02.03.2016 1833

Braziliya politsiyasi Facebook kompaniyasining Lotin Amerikasidagi bo‘limi vitse-prezidenti Diyego Dzodanni qo‘lga oldi. Bu haqda Estadao nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilishlaricha, kompaniya sudning hukmiga qaramasdan mahalliy hukumatga giyohvand moddalarining aylanishi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etmagan.

Braziliya OAVning aytishicha, politsiya kompaniyadan WhatsApp messenjirdan foydalanadigan gumonlanuvchilar to‘g‘risida ma'lumot so‘ragan. Servisga egalik qiluvchi Facebook esa ushbu talabni bajarmagan.

Ko‘proq yangiliklar: