BMT Xavfsizlik kengashi bir ovozdan Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi kiritilishini ma'qulladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Rezolyutsiyada Shimoliy Koreyaga kelayotgan va undan chiqayotgan yuklar tekshirilishi va eksportga cheklov qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Shimoliy Koreyaga aviatsiya va raketa yonilg‘isi yetkazib berish va barcha turdagi qurol-aslahalar sotish taqiqlanadi, Shimoliy Koreyadan ko‘mir, temir, oltin, titan va noyob tabiiy ma'danlar eksport qilish cheklanadi.
Bundan tashqari, Shimoliy Koreya banklariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar kiritiladi.
Sanktsiyalar Shimoliy Koreyaning 16 fuqarosi va 12 ta kompaniyasiga qarshi amal qiladi.