Bentley kompaniyasi va Mulliner firmasi Mulsanne modelidagi limuzinini Grand Limousine nomi bilan yangidan ishlab chiqdi. Yangi olti o‘rindiqli mashina premerasi Jyenevadigi avtosalonda bo‘lib o‘tdi.
Limuzin standart modelidan bir metrga uzunroq, 79 millimetrga balandroq qilib ishlangan. Orqa o‘rindiqlar yo‘lovchilarning bir-birlariga qarab o‘tirishlariga mo‘ljallab tayyorlangan.
Bentley Mulsanne Grand Limousine to‘liq imkoniyatlari rasmiy ravishda ma'lum qilinmayapti. Avtomobilning standart ko‘rinishi 6,75-litrli tvin-turbo, 512 ot kuchiga ega bo‘lgan.
Shuningdek, Bentley Mulsanne Grand Limousine‘ning narxi ham ma'lum qilinmagan. Bunday turdagi avtomobillar faqat maxsus buyurtmalar asosida ishlab chiqarilishi kutilmoqda.