Ben Ladenning vasiyati e'lon qilindi

Jamiyat 13:04 / 02.03.2016 25409

“Al-Qoida” terroristik tarmog‘i rahbari bo‘lgan marhum Usama ben Laden o‘zining ko‘p millionli davlatining kattagina qismini radikal islomchilar qadriyatlarini tan olmaganganlarga qarshi butunjahon urushini moliyalashtirishga sarflashni vasiyat qilgan.

Shu mazmundagi ma'lumotlar mavjud bo‘lgan “birinchi raqamli terrorist”ning shaxsiy hujjat va maktublaridan foydalanish huquqini Reuters informatsion agentligi sotib olgan, deb xabar beradi TASS.

Bu dalillar 2011 yil Pokistonda Amerika maxsus xizmatining ben Ladenni yakson qilish operatsiyasida qo‘lga kiritilgan edi.

113 hujjatdan iborat ushbu arxivda Amerika maxfiy xizmati tomonidan vasiyat sifatida belgilangan maktub ham bo‘lgan. Reuters bayonotiga ko‘ra, terrorist 29 million dollar atrofida baholangan davlatining aksar qismini “muqaddas urush” olib borish uchun yaqin qarindoshlariga vasiyat qilgan.

“Men umid qilamanki, mening akalarim va opalarim, shuningdek, xolalarim mening irodamni bajaradilar va men Sudanda qoldirgan pullarning hammasini Olloh yo‘lidagi jihodga sarflaydilar”, - xatdan parcha keltiradi agentlik. Maktubda marhumning onasi, o‘g‘li, qizi, tog‘asi va boshqa qarindoshlari o‘rtasida bo‘linadigan Saudiya riali va oltin qiymatida aniq pul o‘lchovlari keltiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: