Suriyadagi gumanitar falokat mamlakatga nisbatan g‘arb davlatlari embargo solishi sababli yuzaga kelgan, deb aytdi Suriya prezidenti Bashar Asad ARD telekanaliga bergan intervyusida.
"Siz ayotayotgan falokat va dahshatni odamlarni o‘ldirib, vayronagarchilik qilayotgan terrorchilargina emas, balki G‘arbning Suriyaga kiritgan embargosi ham yaratmoqda. Bu mamlakatning har bir fuqarosiga ta'sir qiladi", deb aytdi Asad.
Asad Turkiya, Saudiya Arabistoni va Qatar ham mintaqada harakat qilayotgan terrorchilarni qo‘llab-quvvatlab, Suriyadagi vaziyatning yomonlashishiga ta'sir qilmoqda.