AQShda Jon Kennedining eski bunkeri buzib tashlanadi

Jahon 17:22 / 02.03.2016 3786

Florida shtati Palm-Bich porti rahbariyati Amerikaning diqqatga sazovor joylaridan hisoblangan 1961 yili prezident Jon Kennedi uchun qurilgan sobiq bunkerni buzib tashlashni rejalashtirmoqda.

“20 yildan buyon bizni haydamoqchi bo‘lishadi”, - qachonlardir maxfiy bo‘lgan joyni ijaraga olib 1998 yildan buyon sayyohlar keladigan Palm-Bich Dengiz muzeyi nazoratchisi Entoni Millerning so‘zlarini The Boston Globe gazetasi e'lon qildi.

“Otel” sirli nomi bilan atalgan bunker AQSh sohil xavfsizlik bazasi hududida portga tegishli Pinat orolida joylashgan. Uning boshqaruvi ushbu diqqatga sazovor joydan moddiy foyda olishga qaratilgan har qanday urinishlarni qaytaradi. O‘tgan yili portoviklarning fitnalari tufayli muzey 500 ming dollar miqdoridagi grantni ololmagan. Shuningdek, sobiq AQSh sohil xavfsizlik bazasi hududida o‘tkazishga ruxsat berilgan nikoh marosimlarining soni 30 tadan 3 taga kamaytirilgan. Muzeyning bir yillik xarajati uchun zarur 200 ming dollarni ishchilar sayyohlarga chipta sotish va xayrixoh insonlarning ehsonlari evaziga topadilar.

2017 yilning oxirida bunker ijarisi to‘g‘risidagi shartnoma muddati o‘z nihoyasiga yetadi. Port rahbariyati shartnomani uzaytirmoqchi emas.

Ko‘proq yangiliklar: