AQSh kongressmeni rossiyalik xakerlar masofadan turib smartfonlarga kira olishini ma'lum qildi

Fan-texnika 07:58 / 02.03.2016 4500

AQSh kongressmeni Sedrik Richmond san-bernardinolik terrorchining iPhone’idagi ma'lumotlarni o‘qish borasidagi tinglashlarda rossiyalik xakerlar smartfonlarga masofadan turib kira olishlari xavfi borligi haqida ma'lum qildi. 

Richmondning aytishicha, uning Ukrainaga tashrifi vaqtida xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar rossiyalik xakerlar masofadan turib smartfonni ocha olishlari va undagi ma'lumotlarni qo‘lga kirita olishlaridan xavotirlanib, unga telefonini o‘chirib qo‘yish va uni samolyotda qoldirishni tavsiya qilishgan.

Richmond xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar rossiyalik xakerlardan xavfsirayotgan bir vaqtda Federal qidiruvlar byurosi xodimlari o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan telefonga kira olmayotganlaridan taajjublandi. 

Fevral o‘rtalarida Apple kompaniyasi sudning san-bernardinolik terrorchining iPhone’ini ochib berish haqidagi ko‘rsatmasini bajarishdan bosh tortdi. Federal qidiruvlar byurosi kompaniyadan terrorchining smartfoniga ma'lumotlarni himoya qilishning muhim funksiyalarini o‘z ichiga olmaydigan yangi operatsion tizim versiyasini yaratib, uni telefonga o‘rnatishni talab qilgan. Apple rahbari Tim Kuk bunday dastur yordamida keyin istalgan iPhone’ni ochish mumkinligini ta'kidlab, bunga qarshi chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: