Alisher Usmonov yangi investfond tashkil etdi

Iqtisodiyot 15:21 / 02.03.2016 10960

USM Holdings aksionerlari Alisher Usmonov, Vladimir Skoch, Farhod Moshiri, Ivan Tavrin va Ivan Streshinskiy texnologik kompaniyalarni sarmoyalash uchun yangi jamg‘armaga asos solishdi.

Hozirda jamg‘arma portfelida  yettita chet el IT-loyihalari mavjud. Tashkil etuvchilar jamg‘arma nomini hali ma'lum qilmadilar. Uning boshqaruvidagi mablag‘ hajmi - 1 milliard dollar, deb xabar beradi RBK.ru.

Sarmoyadorlarning jamg‘armadagi ulushi USM Holdings dagi ulushiga mutanosib ravishda bo‘lingan. Eng yirik aksioner - Alisher Usmonovga xoldingning 48 foizi tegishli.

Investitsion fond portfelida dunyoning eng qimmat startap va eng yirik taksi agregatori Uber va uning hindcha analoglari - Didi Kuaidi va Ola Cabs, Xitoyning smartfon va planshetlar ishlab chiqaruvchisi – Xiaomi, Hindistonning eng yirik internet-magazinlaridan biri — Flipkart joy olgan. Fond portfelidagi qolgan ikki loyihani USM vakili oshkor etmadi. Lekin fond asosan osiyo tashkilotlarini sarmoyalashini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: