Airbus Frantsuz aviaquruvchi korporatsiyasi Xitoyning shimoliy shahri - Tyantszinda keng fyuzelyajli A330 samolyotlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
China Daily gazetasining yozishicha, har oyda bir donadan layner ishlab chiqariladi, keyinchalik ishlab chiqarish hajmi oyiga ikkita samolyotga oshiriladi, deb xabar beradi TASS.
“Kattaligi jihatidan dunyoda ikkinchi hisoblangan Xitoy aviabozorining iqtisodiy o‘sishi deyarli pasaymaydi, deb hisoblaymiz”, - dedi Airbus’ning Xitoydagi rahbari Erik Chen. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi 20 yil davomida Xitoyda samolyotga bo‘lgan ehtiyoj o‘rtacha 5,4 mingga yetadi.
2008 yildan buyon hozirga qadar Tyantszinda A320 tor fyuzelyajlari ishlab chiqariladi.