"Moskovskaya gorodskaya telefonnaya set" kompaniyasi matbuot xizmatida 2015 yilda har bir moskvalik kuniga 200 daqiqa televizor tomosha qilgani ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda M24 nashri.
Ta'kidlanishicha, moskvaliklar dushanba kuni televizor ko‘rishga eng kam, vaqt payshanba va juma kunlari esa 170 daqiqadan vaqt ajratishgan. Ular shanba va yakshanba kuni televizor ko‘rishga ko‘proq vaqt ajratishgan.
Ta'kidlanishicha, Moskva aholisi filmlar, sport va ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlarni ko‘rishni xush ko‘rishadi. Ommaviylik bo‘yicha 2-o‘rinda tok-shou, realiti-shou va hajviy ko‘rsatuvlar, 3-o‘rinda esa musiqiy, bolalar va yangiliklar dasturlari turadi.
Moskvaliklar internet-texnologiyalardan faolroq foydalanishni boshlamoqdalar. O‘tgan yilda ishlatilgan trafik hajmi 400 eksabaytgacha (1 Eb = 1 mlrd Gb) yetgan. Trafik asosan ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-do‘konlar hisobiga oshgan. 70 foiz trafikni filmlarni onlayn tomosha qilish va striming xizmatlar tashkil qiladi. O‘rtacha har bir moskvalik kuniga 2 tadan film va biror serialning 2 tadan seriyasini tomosha qiladi.