«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning OAV orqali o‘z jamoadoshlarining jismoniy formasi haqida tanqidiy fikrlar bildirganiga nisbatan munosabatini bildirib o‘tdi.
«O‘tib bo‘lgan «Atletiko»ga qarshi o‘yindagi holatlarni kovlash shart emas. Bu o‘yin o‘tmishda qoldi. U derbi bo‘lsa ham, qanchalik muhim bo‘lsa ham, bir o‘yin edi.
Endi biz olg‘a harakatlanishimiz va keyingi o‘yinlar haqida o‘ylashimiz kerak.
Krishtianu barcha bilan, men bilan ham, jamoadoshlari bilan ham gaplashib oldi. Bu muammo o‘tmishda qoldi. Biz barchamiz uning jamoadagi muhim o‘yinchi ekanini shundoq ham bilamiz va uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu mavzu yopildi, uni o‘zimiz hal qildik. Jamoa bilan.
Xames borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, u o‘zi haqdagi turli gaplarsha e'tibor qaratayotgani yo‘q. U mashg‘ulotlarda bor kuchi bilan harakat qilmoqda.
Men uni nimadadir ayblamoqchi emasman. U o‘z ustida ishlashda davom etishi kerak. Bu gap nafaqat unga, barchaga taalluqli.
Isko yoki Xamesni natijalar uchun ayblash oson, ammo barchamiz bir qayiqdamiz. Toki men bu jamoada bosh murabbiy ekanman, kurashda davom etamiz», – deydi Zidan.
Goal.com: Ronaldu «Real»ning mashg‘uloti vaqtida jamoadoshlaridan uzr so‘radi
«Real» mavsum yakunida yarim himoyachilaridan birini sotib yuborishni rejalashtirmoqda