Xitoy iqtisodiyotining sanoat tarmog‘idagi ishlab chiqarish faolligi indeksi fevral oyida 0,4 punktga, ya'ni 49,0 punktgacha qisqarib ketdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Tahlilchilar 49,3 punktgacha qisqarishni prognoz qilgandilar.
Bunda xizmatlar sohasidagi indeks pasayishni o‘sishdan ajratuvchi 50 punktdan oshdi hamda 52,7 punktga yetdi. Yanvar oyida o‘sish tez sur'atlar bilan borgandi va 53,5 punktni tashkil qilgandi.
Fevral boshida Xitoyning ishlab chiqarish faolligi indeksi uch yil ichidagi minimum qiymatiga erishgani ma'lum bo‘lgandi.