Xitoylik Sin sulolasi davriga tegishli 459 kg qadimiy tanga topib oldi

Jahon 23:01 / 01.03.2016 5104

Xitoyning Shensi viloyatida yashovchi dehqon uy qurayotganda Sin sulolasiga davriga tegishli 459 kg qadimiy tanga topib oldi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, erkak yer qaziyotganda yarim metrlik o‘raga duch kelgan.
Topilgan mis tangalar uch xil ko‘rinishda bo‘lgan. Bundan tashqari, ulardan ba'zilari to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, boshqalari doira shaklida bo‘lgan.

Erkak voqea joyiga politsiya chaqirtirgan. Politsiya tangalarni olib ketgan. Keyinroq politsiyada tangalar Sin sulolasi hukmronlik qilgan davrga (miloddan avvalgi 9-23 asrlar) tegishli ekanligi aytilgan.

Tangalar tozalangandan keyin arxeologlar ularni baholab, mahalliy tarix muzeyiga topshiradilar.

Ko‘proq yangiliklar: