Xitoyda chegaradan 9 mingta xotira kartasini badaniga o‘rab olgan holda olib o‘tmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Jamiyat 06:57 / 01.03.2016 7007

Xitoy bojxonachilari chegaradan 9 mingta xotira kartasini badaniga o‘rab olgan holda olib o‘tmoqchi bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda South China Morning Post nashri ma'lum qildi.  

Hisobotga ko‘ra, erkak oziq-ovqat plyonkasi yordamida o‘zining badaniga 100 ming yuanlik (15 ming dollarlik) xotira kartalarini o‘rab olgan. U Gonkongdan Shenchjenga kelishda qo‘lga olingan. U qo‘lga olinganda bojxona xodimlariga 50 ming yuan miqdorida pora taklif qilgan.

Shuningdek, bu voqeadan bir soat oldinroq ham Shenchjen bojxonachilari xuddi shu yo‘l bilan 10 mingta xotira kartasini olib o‘tmoqchi bo‘lgan keksa ayolni qo‘lga tushirishgan. Nashrning ta'kidlashicha, bojxonachilar muntazam ravishda chegaradan elektron qurilmalar olib o‘tmoqchi bo‘lgan odamlarni qo‘lga tushiradilar, chunki bunday qurilmalarning aksariyati Gonkongda arzonroq turadi.

Ko‘proq yangiliklar: