Vitaliy Klichko Al Jazeera’ga bergan intervyusida ukrainalik ekani uchun uzr so‘radi

Jahon 08:55 / 01.03.2016 10287

Kiyev meri Vitaliy Klichko Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida xalqaro tashkilotlarning Ukraina hukumatiga mamlakatning sharqida inson huquqlari bilan bog‘liq ko‘plab qoidabuzarliklarni amalga oshirayotgani bo‘yicha qo‘yayotgan aybloviga izoh bera olmadi.

Klichko xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari, xususan Amnesty International tashkilotining Ukrainaning ko‘ngilli batalonlarida millatchilar jang qilayotgani haqidagi ayblovini rad etdi.

"Men svastika (xoch) belgisini ko‘rmadim", deb aytdi sobiq bokschi ko‘rsatuv boshlovchisi tomonidan xalqaro kuzatuvchilar bergan ma'lumotlarga izoh berib.

Klichkodan u Amnesty International tashkiloti haqida bilishi haqida so‘ralganda, "Uzr, Men Ukrainadanman", deb javob berdi.

Klichko, shuningdek, Ukraina hukumati tomonidan mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha katta ish qilingani, biroq "xalq bundan ortiqrog‘ini kutayotgani"ni aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: