Venger yozgi transferlar uchun «Arsenal» rahbariyatidan 100 mln yevroga yaqin mablag‘ oladi

Sport 12:16 / 01.03.2016 2403

Londonning «Arsenal» klubi yozda tarkibni kuchaytirish uchun katta miqdorda mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda.

The Telegraph nashri bergan xabarga ko‘ra, Arsen Venger buning uchun klub rahbariyatidan 75 million funt sterling (deyarli 100 mln. yevro) mablag‘ oladi. Jamoaning asosiy vazifasi markaziy himoyachi va markaziy yarimhimoyachi sotib olish bo‘ladi. Shuningdek klub «Lester» himoyachisi Ben Chiluellni ham sotib olish niyatida. Tarkibda yangi hujumchi ham paydo bo‘lishi mumkin.

«Arsenal» yozda Kiran Gibbs va Mate Debyushini sotish hamda shartnomasi tugaydigan Mate Flamini, Mikel Arteta va Tomash Rositskiga javob berib yuborishni rejalashtirmoqda.

Jamoaning asosiy maqsadlaridan biri yetakchi futbolchilar Aleksis Sanches va Mesut O‘zil bilan shartnomalarni uzaytirish bo‘lib turibdi. Chililik futbolchi hozirda haftasiga 130 ming funt, nemis futbolchisi esa — 140 ming funt maosh oladi. «Arsenal» mazkur futbolchilarning haftalik maoshini 200 ming funtga oshirish va ularni klub tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilarga aylantirishga tayyor bo‘lib turibdi.

Shuningdek, jamoa Per Mertesaker, Jyek Uilsher, Santi Kasorla, Aleks Oksleyd-Chemberlen va Aaron Remzi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan.

Arsen Vengerning «Arsenal» bilan tuzgan shartnomasi 2017 yilda yakuniga yetadi. Shartnomani uzaytirish bo‘yicha masala amaldagi kelishuv yakuniga yetishi arafasida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: