Umrni uzaytiruvchi shokolad tayyorlandi

Jamiyat 15:18 / 01.03.2016 4704

Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoqsharq bo‘linmasining Tinch okeani bioorganik kimyo institutida dengiz yulduzchasi, dengiz tipratikani va dengiz limoni o‘simligi aralashmasidan odam umrini uzaytiruvchi shokolad tayyorlandi. Bu haqida institut rasmiy sayti xabar berdi.

«Bu moddani biz "dengiz vitamini" deb nomladik. Mazkur dengiz vitaminlari kompleksi qarish jarayonini sekinlatadi va metobolik jarayonning oldini oladi, hayot sifatini yaxshilaydi, umrni uzaytiradi”,— deyiladi manbada.

Ushbu yangi iste'mol mahsulotiga “Dengiz durdonasi” nomi berildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Tinch okeani bioorganik kimyo instituti qariyb 41 yildan buyon suv osti dunyosini tadqiq qilish, tibbiy-biologik xossalarini o‘rganish bo‘yicha faoliyat olib boradi. Shu asosda muassasada turli tibbiy preparatlar va biologik faol qo‘shimchalar yaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: