Turkiyaning Vestel kompaniyasi inqiroz tufayli Rossiyadagi zavodini yopdi

Iqtisodiyot 18:14 / 01.03.2016 4472

Turkiyaning televizor, kir yuvish mashinasi va muzlatgichlar ishlab chiqaruvchi Vestel kompaniyasi Rossiyaning Aleksandrov Vladimirskdagi televizor ishlab chiqaruvchi zavodini yopishga qaror qildi. Bu haqda Turon Erdo‘g‘onning ma'lumoti asosida RNS xabar bermoqda.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga qaraganda, televizor ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ushbu zavodning yopilishiga, avvalo, Rossiyaning Su-24 bilan bog‘liq voqea hamda mamlakatdagi iqtisodiy og‘ir sharoit sabab bo‘lgan.

«Bizning qarorimiz urib tushirilgan samolyot tufayli ikki mamlakatning yomonlashgan munosabatlariga mutlaqo aloqasiz. Ishlab chiqarishning to‘xtatilishi Rossiyadagi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi bilan bog‘liq. Bizda boshqa mamlakatda yoki Turkiyaning o‘zida yangi zavod ochish rejasi mavjud», — dedi Erdo‘g‘on.

Ma'lumot uchun Turkiyaning Vestel kompaniyasi Rossiyada 2003 yildan beri faoliyat yuritib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: