Suriyada turli davlatlardan 33 nafar jurnalist artilleriya otishmasi ostida qoldi, deb xabar bermoqda RSN nashri.
Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qildi.
Uning aytishicha, jurnalistlar orasida Rossiya, Bolgariya, Gretsiya, Germaniya, AQSh, Xitoy va Kanada davlatlari muxbirlari bo‘lgan.
Ko‘ngilsiz voqea jurnalistlar yarashuv haqida kelishuvni imzolagan va tinch aholi qaytayotgan aholi punktlariga tashrif buyurishganda sodir bo‘lgan.
Avvalroq xorijiy jurnalistlar jabrlangan Lataqiyadagi artilleriya otishmasi Turkiya hududidan olib borilgani ma'lum qilingandi. Konashenkovning aytishicha, umumiy hisobda 8 ta snayard otilgan, ular jurnalistlardan 150 metrdan 400 metrgacha uzoqlikda tushgan.
Suriya armiyasi zobiti tomonidan taqdim qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, otishmani "Jibhad an-Nusra" jangarilari olib borgan.